15 okt 14:41
Yangiliklar
Qilichbozlik
Toshkentda qilichbozlik bo'yicha “Umid” musobaqasi start oldi
Poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha har yili ananaviy o'tkazib kelinadigan “Umid” sovrini uchun Respublika ochiq chempionati start oldi.
19 yoshgacha bo'lgan yosh toifasida o'tkaziladigan mazkur musobaqa terma jamoamiz uchun iqtidorli qilichbozlarni kashf qilib berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yilgi bellashuvlarda Qozog'iston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Reglamentga ko'ra, musobaqining birinchi kunida shpaga bo'yicha yakkalik yo'nalishida g'olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Qiziqarli va murosasiz kechgan janglar yakunida yigitlar o'rtasida Hasan Badunov, qizlar o'rtasida esa Marjona Zubaydulloeva oltin medalni qo'lga kiritdi. Bugun jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Etiboringizga musobaqa jarayonidan olingan fotosuratlarni havola qilamiz:
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar