29 avg 16:39
Yangiliklar
Toshkentda tug'ilgan tennischi bugun US Open'dagi navbatdagi o'yinini o'tkazadi
Musobaqada Toshkent shahrida tug'ilgan, AQSH sharafini himoya qiluvchi 38 yoshli tennischi Varvara Lepchenko ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
WTA reytingida 199-o'rinni egallab turgan Varvara musobaqani kvalifikaciya bosqichidan boshlab, g'olib bo'lgan edi.
Asosiy to'rning ilk bosqichida esa Lepchenko CHexiya vakilasi Brenda Brenda Fruxvirtovaga qarshi bahs olib bordi va zafar quchdi.
U bugun ikkinchi bosqich doirasida neytral maqomdagi tennischi, WTA reytingida 38-o'rindagi 38 yoshli Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Varvara Lepchenko 1986 yil 21 may kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. U 2007 yilga qadar musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar