07 apr 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentda yirik professional boks oqshomi o'tkaziladi
29 may kuni poytaxtimizdagi Humo Arena majmuasida Olimpiya chempionlari va Jahon professional boksi yulduzlari ishtirokida katta professional boks kechasi tashkil etiladi.
Mazkur nufuzli sport tadbiri WBC Eurasia, O'zbekiston professional boks federaciyasi hamda Lift Promotion hamkorligida o'tkaziladi. Bellashuvlar davomida xalqaro reyting ochkolari uchun kurashlar bilan birga ayrim vazn toifalarida WBC Eurasia chempionlik kamarlari sohiblari ham aniqlanadi.
Malumot o'rnida takidlash joiz, WBC Eurasia tashkiloti 2025 yil dekabr oyida MDH va Qora dengiz mintaqasi boks byurosi negizida qayta tashkil etilgan bo'lib, unga taniqli sport funkcioneri, o'zbekistonlik G'ofur Rahimov rahbarlik qilib kelmoqda.
Tez orada musobaqa kardidan o'rin olgan janglar haqida xabar beriladi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar