So’nggi yangiliklar

23:58"Ролан Гаррос". Деярли ярим асрлик рекордни янгилаган даҳшатли финал якунланди 0 23:01Кайла Харрисоннинг бугунги ғалабасидан кейин Аманда Нуньес октагонга қайтишини эълон қилди 0 22:34Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди + ФОТО 0 21:43“Eindhoven Cup”. Абдумалик Ҳалоков финал чиптаси учун рингга кўтарилди 0 20:47Токиода икки чемпион ўртасида бирлаштирувчи дерби жанги бўлиб ўтди 0 19:57Жисмоний тарбия ва спорт таълими доимий эътиборда 0 19:18Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин 0 18:40Мозес Итаума Диллиан Уайт билан жанг ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0

03 jan 07:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkentdagi musobaqa uchun tarkib, sarhisob va rejalar. Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi intervyu berdi

O'tgan 2021 yil boks bo'yicha Qozog'iston erkaklar terma jamoasi uchun juda bahsli bo'ldi.

Olimpiada va Osiyo o'yinlaridagi haqiqiy muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoani yangi murabbiy Qayrat Satjanov qabul qildi - va u bilan birga bokschilarimiz Jahon chempionatida biroz tiklanishga muvaffaq bo'lishdi. Lekin bu muvaffaqiyat tasodifiy emasmidi?.. Bu savolga javob yangi yilda beriladi.

Sports.kz nashri boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi murabbiyi Qayrat Satjanov bilan o'tgan yil tahlili va kelgusidagi rejalari haqida intervyu uyushtirdi. Biz sizga ushbu materialni o'zbek tilida taqdim etamiz.


- Qayrat Tursinxonovich, yanvar oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan 22 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati haqida gapirsangiz. Unda Qozog'iston terma jamoasi ishtirok etadimi?

- Ha, bo'lajak Osiyo chempionatida qatnashamiz. Lekin bizning tarkib bu yoshda emas. Yoshlarimiz 17-18 yoshda.


- Ushbu turnirda Qozog'iston U22 terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lasizmi?

- Ha, jamoani u erga men olib boraman.


- Jamoamizning ushbu Osiyo chempionatidagi tarkibi malummi?

- Osiyo chempionati uchun tarkib hali aniqlanmagan. Murojaat qildik – har bir vazn toifasiga 2 kishidan ariza berishga ruxsat beriladi. Bu ro'yxatga: 48 kg - Sanjar Tashkenbay, Daniyal Sabit, 51 kg - Timur Kabdeshov, Damir Abdikadir, 54 kg - Maxmut Sabirxan, Nursultan Altinbek, 57 kg - Biybars Jeksen, Erbolat Sabir, 60 kg - Samatali Toltaev, Muhammedsabir Bazarbayulu, 63 kg - Sanatali Toltaev, Elnur Suyunbay, 67 kg - Sabirjan Akkalikov, Darxan Duysebay, 71 kg - Ermaxan Jakpekov, Armat Armanuli, 75 kg - Nurkanat Rayis, Dias Moljigitov, 80 kg - Erasil Jakpekov, Nurbek Oralbay, 86 kg - Sagindak Togambay, Madi Amirov, 92 kg - Aybek Oralbay, Erxat Bekzat, 92 kg - Amanat Sabirgali, Damir Toybay. Ana shu yigitlardan terma jamoani tanlaymiz.

63,5 kg da – ikki kishi ko'rsatilgan, Abzal Serik yo'q, lekin u ham ko'rib chiqiladi. Qozog'iston chempionatida u ushbu vazn toifasida ikkinchi bo'ldi. Tarkib 6-20 yanvar kunlari Turkiston viloyatidagi «Alma-Tau» bazasida bo'lib o'tadigan so'nggi yig'in davomida aniqlanadi. Osiyo chempionati uchun Toshkentga 20 - yanvarda jo'nab ketamiz.

- Ushbu musobaqada terma jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

- Vazifa – har doimgidek, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallash. Lekin u erda Toshkentda – o'zbeklarning vatanida bu qiyin bo'ladi... Biroq, biz, ular aytganidek, oxirigacha kurashamiz.


- Ushbu Osiyo chempionatida g'olib va sovrindorlar yaqinda bo'lib o'tgan jahon chempionatidan o'rnak olib, pul mukofotlari bilan taqdirlanadimi?

- Bonuslarga kelsak, IBA barcha qita musobaqalarini moddiy jihatdan rag'batlantirishini aytdi, lekin negadir bu reglamentda ko'rsatilmagan. Men aniq bilmayman... Respublika federaciyasi esa, bokschilarni mukofotlashi kerak.


- Umuman, sizningcha, bu yoshdagi bokschilar uchun alohida musobaqalar o'tkazish kerakmi?

- Bu butunjahon amaliyoti, nazarimda. Ko'pgina sport turlarida bunday musobaqalar o'tkaziladi - futbolda, kurashda qita va jahon chempionatlari o'tkaziladi. Biz ham bu turnirlarni yaqinda o'tkaza boshladik. Hatto, yoshlar o'rtasida  Olimpiya o'yinlari ham o'tkaziladi - o'smirlar Olimpiya o'yinlari. Bu qaror yoshlarning kattalar boksiga muammosiz o'tishi uchun qabul qilindi.


- Kelajakda boks bo'yicha U22 jahon chempionatini bo'lishi mumkinmi?

- Ha. IBA'dagi so'nggi jahon chempionatida ular turli turnirlar o'tkazishlarini aytishgan. Misol uchun, bronza medali uchun kurashda g'olib bo'lgan bokschi kumush uchun bahlashadi, ochko oladi. Kim kumush medalni qo'lga kiritsa, u oltin medal uchun kurashadi. SHuningdek, har bir sovrindorga pul mukofotlari beriladi.

Qita musobaqalari – Osiyo chempionatlari, Evropa chempionatlarida ham bokschilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Va bu pul mukofoti miqdori har yili ortib boradi. Bu yil, masalan, jahon chempionatida birinchi o'rin uchun 100 ming bo'lgan bo'lsa, keyingi yili 200 ming AQSH dollari bo'lishini aytishdi.

- Iltimos, 2021 yildagi Qozog'iston terma jamoasining natijalarini sarhisob qilsangiz. O'zingiz xohlagan hamma narsaga erishdingizmi?

- Bu yil men yoshlar terma jamoasida ham katta murabbiy sifatida ishladim. Jahon chempionatida ham 2 oltin, 2 kumush, 1 bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladik. Birinchisi Rossiya edi - ularda ham 2 ta oltin bor edi, lekin ko'proq kumush va bronza medallari edi, menimcha. Avgust oyida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamiz 1-o'rinni egalladi. U erda 8 ta oltin medalni qo'lga kiritdik. O'zbekistonliklar ikkinchi bo'ldi – ular 3 ta oltinga ega bo'lishdi. Belgraddagi jahon chempionatida ham 2 oltin, 2 kumush, 1 bronza medalini qo'lga kiritdik. Biz medallar bo'yicha 2-o'rinni egalladik, agar ochkolar bo'yicha, o'tkazilgan janglar - g'alabalar bo'yicha hisoblansak, umumjamoa hisobida 1- o'rinni oldik.

Natijalaridan mamnunman, ammo biz Serbiyada umumjamoa hisobida 1- o'rinni egallashimiz mumkin edi. Agar siz jahon chempionatini tomosha qilgan bo'lsangiz, hakamlar qaroriga ko'ra bir nechta janglarimiz raqib tomonga o'tgan. Jumladan, Abilayxon Jusupov yarim finalda yaponiyalik bokschiga qarshi kechgan jangda g'alaba qozondi, ammo g'alaba raqibiga berildi. Yaponiyalik jahon chempioniga aylandi. Boshqa ko'plab vazn toifalarida ham shunday bo'lgan. Aslanbek SHimbergenov chorak finaldagi teng kurashda ukrainalikka mag'lub bo'ldi. Ukraina vakili jahon chempioni bo'ldi. Agar bokschimiz ushbu jangdan o'tib ketsa, chempion bo'lishi ham mumkin edi. Rostini aytsam, u erda 3-4 ta oltin medal yutishimiz mumkin edi. Ammo ular bizga berishmadi ...

Terma jamoamiz erishgan natijalardan xursandman, lekin biz harakat qilamiz. Bizning maqsadimiz - Parijdagi Olimpiya o'yinlari. Va vazifa u erda umumjamoa hisobida birinchi bo'lish. Bu bizning maqsadimiz va orzuimiz - biz mehnat qilamiz va shu yutuq sari intilamiz.


- Jahon chempionatidan keyin hech bir bokschimiz professionalga o'tmaydimi?

- Hozircha hech kim professional boksga o'tmaydi. Federaciyamiz prezidenti Kenes Rakishev takidlaganidek, hozir havaskorlar professionallardan ham ko'proq maosh oladi. Nazarimda, hozircha, hech kim ketmaydi.


Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing