30 sen 09:58
Yangiliklar
Voleybol
Toshkentga Xalqaro voleybol federaciyasi prezidenti tashrif buyurdi
Bugun Xalqaro voleybol federaciyasi (FIVB) prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegaciya yurtimizga tashrif buyurdi.
Martabali mehmonni Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, O'zbekiston voleybol federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullaev, Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat voleybol federaciyasi xodimlari kutib olishdi.
Safar davomida diyorimizda voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni yurtimizda o'tkazishga doir istiqbolli rejalar muhokama etiladi. Martabali mehmonga FIVB`ning turli bo'limlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar