29 sen 08:50
Yangiliklar
Totalizatorda pul tikkan Olimpiada-2016 bokschilari ogohlantirildi
XOQ talabiga ko'ra, Olimpiada ishtirokchilariga totalizatorda ishtirok etish, o'yinlarga pul tikishga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, har bir ishtirokchi shubhali holatlar kuzatilganda tashkilotchilar va XOQ xodimlarini ogohlantirishi kerak.
Bokschilardan irlandiyaliklar Mayk Konlan va Stiv Donneli, shuningdek, britaniyalik Entoni Fouler Rio o'yinlariga pul tikishgani aniqlangan. Uchchala bokschi ham XOQ tomonidan jiddiy tarzda ogohlantirildi.
Takidlash joiz, Konlan Rio-de-Janeyro Olimpiadasida rossiyalik Vladimir Nikitinga imkoniyatni boy berganidan so'ng hakamlar manziliga kurakda turmaydigan so'zlar aytgandi. SHundan so'ng, Mayk professional boksga o'tganligini ham malum qilgan edi.
Fikrlar