18 iyu 17:52
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Tur de Frans. Yuen 11-bosqich g'olibi
Velosport olamining eng nufuzli musobaqalaridan biri Tur de Frans o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
			Franciya yo'llari bo'ylab o'tkazilayotgan musobaqada 11-bosqich poygasi bo'lib o'tdi. Albi – Tuluza shaharlari oralig'idagi 167 km masofada o'tgan poygada Keleb Yuen (Lotto Souda) g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Avstraliyalik velosportchi belgilangan masofani 3 soat 51 daqiqa 26 soniyada bosib o'tdi. Ikkinchi o'rinni gollandiyalik Dilan Grunevegen (Jumbo-Visma) egalladi. Kuchli uchlikka italiyalik Elia Viviani (Deceuninck-Quick Step) yakun yasadi. O'n bitta yakun bosqichiga ko'ra (Deceuninck-Quick Step) azosi Jyulian Alafilipp etakchilik qilmoqda.
            Havola            :         
                    Manba                : sports.ru
             
			
Fikrlar