28 mar 16:20
Yangiliklar
Futbol

Turkiya grandi Abbos Fayzullaevga qiziqmoqda
CSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Turkiya Superligasi vakili "Galatasaroy" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.
21 yoshli futbolchi Moskva klubi va O'zbekiston terma jamoasining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Dekabrda u Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Yarim himoyachi joriy mavsum RPLda 19 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan. Yosh futbolchining shartnomasi 2026 yilning iyunida yakunlanadi. Transfermarkt portali Fayzullaevni 8 mln evroga baholamoqda.
Jarayondan xabardor bo'lgan manba ushbu malumotni tasdiqladi.
Havola :
Manba : Markaj News
Fikrlar