10 noy 10:56
Yangiliklar
Futbol
Turkiyada o'yinlarga pul tikish bo'yicha yangi tafsilotlar malum bo'ldi
Turkiyadagi 600 ga yaqin futbolchi noqonuniy o'yinlarga pul tikish bo'yicha tergov doirasida so'roqqa chaqiriladi, deb xabar bermoqda Turkiya gazetasi.
Tergov malumotlariga ko'ra, futbolchilar, murabbiylar va menejerlar Albaniya, Bolgariya va SHimoliy Kiprda faoliyat yurituvchi noqonuniy veb-saytlarga pul tikishgan.
Avvalroq TRT Heber telekanali Turkiya futbol federaciyasi (TFF) 149 nafar professional hakamni bukmekerlik idoralarida tikish hisoblari borligi aniqlanganidan so'ng sakkiz oydan bir yilgacha muddatga o'yinlardan chetlatgani haqida xabar bergan edi. Istanbul Bosh prokuraturasi hakam pul tikish ishi bo'yicha 18 gumonlanuvchini, jumladan Superliga klubi prezidentini hibsga olish uchun order berdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar