04 mar 07:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Turkiyadagi poyga podiumining ikki shohsupasi terma jamoamiz azolariniki bo'ldi!
Kecha Turkiyaning Alaniya shahrida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha "International Alanya Castle Criterium" poygasi tashkil etildi.
			Ushbu musobaqaning ayollar o'rtasidagi guruh poygasi bellashuvlari o'z yakuniga etdi. 29 km masofaga kechgan turnirda O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ham ishtirok etdi.
Quvonarlisi, terma jamoamizning ikki nafar azosi yakunda musobaqa shohsupasiga ko'tarildi. Jumladan, Ekaterina Knebleva oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Evgeniya Golotina bronza medaliga ega chiqdi.
Oltin: Ekaterina Knebleva (47:11)
Kumush: Houli Nesrine, Jazoir (47:13)
Bronza: Evgeniya Golotina (47:19).
            Havola            :         
                    Manba                : velosport.uz
             
			
Fikrlar