14 noy 18:39
Yangiliklar
Futbol
Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvida yaponiyalik hakamlar ishlashadi
16 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasidagi ilk uchrashuvni o'tkazadi.
Turkmanistonga qarshi bahsni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam berishadi. Xiroki Kasaxara zaxira hakami vazifasini bajaradi. Malumot uchun, Kimura bu yil OCHL doirasida "Al Vakra" - "Navbahor" (0:1) va "Al Ittihod" - OKMK (3:0) uchrashuvlarida ham ishlagandi.
Eslatib o'tamiz, Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvi 16 noyabr kuni "Ashxobod" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar