09 iyu 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Turman: 20 iyulda Pakyao yo'q bo'ladi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA Super kamari sohibi Kit Turman Menni Pakyao bilan bo'ladigan jangini intizorlik bilan kutayotganini malum qildi.
“Men Menni Pakyao bilan jang qilishimdan xursandman. U - afsona. Lekin bitta narsani to'g'ri tushunishingizni istayman, vaqt bir joyda turmaydi, uning davri o'tdi. Yangi davrdamiz. Etibor bering, Meyvezer allaqachon ketdi, lekin Menni hali ham shu erda. Ammo 20 iyuldan so'ng Pakyao ham yo'q bo'ladi”,-deb fikr bildirgan Kit.
Eslatib o'tamiz, Turman-Pakyao jangi 20 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar