14 may 16:57
Yangiliklar
Og'ir atletika

Tursunoy Jabborova Osiyo chempionati sovrindori bo'ldi
Xitoyning Jiangshan shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati yakuniga ketib bormoqda.
Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg vazn toifasida bahslar o'tkazildi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad etishmadi va u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. SHuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar