15 avg 14:04
Yangiliklar
Og'ir atletika
Tursunoy Jabborova V Islom birdamligi o'yinlari mutlaq chempioni!
Islom birdamligi o'yinlari doirasidagi og'ir atletika musobaqasining navbatdagi kungi bellashuvlari davom etmoqda.
Endigina 20 yoshga qadam qo'ygan og'ir atletikachimiz Tursunoy Jabborova Islom birdamligi o'yinlarida og'ir atletika bo'yicha ayollar o'rtasida -87 kg vazn toifasida kechgan bahslarda mutlaq chempionlikni qo'lga kiritdi.
Dast ko'tarishda 109 kg, siltab ko'tarishda 126 kg, ikki kurashda 235 kg natija ko'rsatgan Tursunoy barcha yo'nalishda oltin medallarni o'ziniki qildi. Ofarin, Tursunoy!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar