12 mar 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Tursunoyga Tokio-2020 chiptasini taqdim etgan jangdan FOTOGALEREYA
Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilgan boks bo'yicha licenzion turnirda charm qo'lqop ustalarimiz jami 7 ta Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Quvonarlisi, ana shu 7 ta licenziyadan bittasi bokschi qizimizga nasib etdi. -51 kg vaz toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Rahimova Olimpiada licenziyasi uchun tailandlik raqibasiga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Tursunoy 2016 yili Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan ilk bokschimiz Yodgoroy Mirzaevadan so'ng O'zbekistondan to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga boradigan ikkinchi ayol bokschimizga aylandi.
Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar