14 sen 17:00
Yangiliklar
Futbol
Tuxel "Bavariya" himoyachisining harakatlaridan qoniqmayapti
Futbolchi kuchayishi kerak.
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoyachi Matteys de Ligtning o'yinidan norozi, deb xabar berdi TZ.
Mutaxassisga o'yinchining to'pni sekin harakatlantirishi, qanotdan qanotga juda ko'p pas berishi va vertikal paslarni kam uzatishi yoqmayapti.
De Ligt hozirda Tuxelning uchinchi himoyachisi sanaladi. U maydondagi joy uchun kurashda Dayo Upamekano va Kim Min Jedan ortda qolmoqda.
Biroq niderlandiyalik murabbiyning tanqidini qabul qildi va o'z ustida ishlaydi. "Bavariya" rahbariyati futbolchini xarakteri va maydondagi fidoyiligi uchun qadrlaydi.
De Ligt Myunxen klubidagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. 24 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum Bundesligada jami 32 daqiqa o'ynadi.
Havola :
Manba : TZ
Fikrlar