10 noy 07:30
Yangiliklar
Futbol
U-17 jahon chempionati. Bugun O'zbekiston Maliga qarshi o'ynaydi
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
Terma jamoamiz musobaqadagi ilk o'yinini Maliga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.
Uchrashuvni urugvaylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Texera Gustavo, unga qanotlarda hamyurtlari Barrerio Karlos va Nievas Andres yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Aranda Aprismanga (Indoneziya) topshirilgan.
Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar