09 noy 11:51
Yangiliklar
Futbol
U-17 Jahon chempionati. Mali - O'zbekiston uchrashuvida urugvaylik hakamlar ishlaydi
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertaga Maliga qarshi uchrashuv bilan U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni urugvaylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Texera Gustavo, unga qanotlarda hamyurtlari Barrerio Karlos va Nievas Andres yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Aranda Aprismanga (Indoneziya) topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, Mali — O'zbekiston o'rtasidagi JCH uchrashuvi 10 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.
Havola :
Manba : ЎФА
Fikrlar