So’nggi yangiliklar

15:16Махачев ва Гэрри иштирокидаги UFC 330 турнирига яна тўртта жанг қўшилди 0 14:47Тўртинчи ракеткани мағлуб этган Султонов 1/2 финалга чиқди 0 14:16МЮ "Реал" ярим ҳимоячисини энг кўп маош олувчи футболчига айлантиришга тайёр 0 13:44Номдор рақибларини мағлуб этган Шаҳрам Аҳадов Qingdao Grand Prix 2026 турнири финалида! 0 13:13"Ҳали "сўнгги рақсим" бўлади". Александр Усик барча камарларини вакант қолдирди 0 12:39Байрам муборак, азиз ҳамкасблар! 0 11:58Бугун Нурсултон Рўзибоев UFC Baku турнирида жанг қилади (жанг вақти + трансляция) 0 10:177 та тўп фарқи? Учинчи ўриндагиларнинг ҳолати қандай? 0 19:58Самбо. Осиё-Океания чемпионатининг иккинчи кунида ёшларимиздан 10 та медаль 0 17:59Таэквондо терма жамоамиз "Kazakhstan Open" халқаро турнирини кучли учликда якунлади 0 17:24Радулович "Пахтакор"да иш бошлади 0 16:56Уимблдон турнирининг асосий тўр баҳсларига қуръа ташланди 0 16:30Нурсултон Рўзибоев UFC'да навбатдаги синов олдида: Андрей Пуляевга қарши жанг нимаси билан аҳамиятли? (мутолаа учун) 0 15:58Моунтинбайкчиларимиз Бўстонлиқдаги Осиё чемпионатида 3 та медални қўлга киритишди 0 15:18Осиё мамлакати ассоциацияси ФИФА аъзолигидан чиқарилди 0

05 noy 14:52
Yangiliklar

Futbol

U-17 Jahon chempionati oldidan. Islom Ismoilov: "Jahon chempionatiga eng yaxshi holatda etib keldik"

Bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda start olgan U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da O'zbekiston - Paragvay uchrashuvi boshlanadi. Aytish mumkinki, bu jamoadan umidimiz katta va kichik mundialda futbolchilarimiz o'zlarini ko'rsata olishadi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yindan oldin va keyin matbuot anjumanlari o'tkazilmaydi, faqat finaldan oldin va keyin tashkil etilar ekan. Albatta, musobaqa oldidan jamoamiz bosh murabbiyi Islom Ismoilovning fikrlari ko'pchilikka qiziq bo'lgani bois O'FA matbuot xizmati bo'limi yordamida murabbiy bilan bog'lanib, bir nechta savollarga javob oldik.

Buning uchun O'FA matbuot xizmatiga saytimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz. U-17 terma jamoamizga esa omad tilab qolamiz.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlikdan qay darajada ko'nglingiz to'ldi?

- Musobaqaga tayyorgarlikdan umumiy manoda mamnunman. Reja qilgan ishlarimizning katta qismini amalga oshirdik. Bu borada O'FA tomonidan bizga kerakli barcha sharoit yaratib berildi. Jamoamiz jismoniy va taktik jihatdan yaxshi holatga olib kelindi. Futbolda mukammal tayyorgarlikning o'zi bo'lmaydi, shunga qaramay bor kuch bilan ishladik. Jamoamiz har kuni o'sib boryapti, o'ylaymanki, kundan kunga rivojlanyapmiz. Jahon chempionatiga eng yaxshi holatda etib keldik deb bemalol ayta olaman.

- Birinchi o'yin oldidan ichki hissiyot qanday? Hayajon bormi?

- Kichik mundialni Paragvayga qarshi bahs bilan boshlaymiz. Albatta, o'yindan oldin hayajon bo'lishi tabiiy. Lekin bu salbiy emas, aksincha ruhlantiruvchi his bo'lishi kerak. Katta musobaqalar oldidan doim hayajon bo'ladi. SHu bilan birga qanday masuliyat yuklanganini ham tushunib turibmiz. O'zimda ham, murabbiylar shtabi va futbolchilarimizda ham ishonch bor. Nasib qilsa, shu jahon chempionatida eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz.

- O'zingiz xohlagan tarkibni to'liq yig'a oldingizmi?

- Albatta, o'zim eng yaxshi deb bilgan tarkibni yig'a oldim. Har bir futbolchimiz kurashga tayyor va bu men uchun eng muhim holatlardan biri hisoblanadi.


- Guruhdagi raqiblarimiz haqida fikringiz? (Paragvay, Irlandiya, Panama)

- Raqiblar haqida fikr bildiradigan bo'lsam, har bir jamoa o'ziga yarasha kuchli. Masalan, Paragvay jismoniy tomondan yaxshi va intizomli deb bilaman. Ular Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoalari qatoriga kiradi. Irlandiya tezkor va agressiv futbol namoyish etadi. Panama esa ko'proq texnik tomonga tanayadi va ijodkor o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. Guruhdagi har bir raqibni chuqur o'rganib, tahlil qilgan holda har bir bahs uchun alohida tayyorgarlik ko'rdik.

- Jahon chempionatidan qanday natija kutyapsiz?

- Jahon chempionatiga kelgan jamoa borki, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Biz ham bu erga shunchaki kelmaganmiz. Birinchi maqsadimiz - guruhdan chiqish. Undan keyin bosqichma-bosqich yuqoriga ko'tarilishni niyat qilganmiz. Qolaversa jamoamizning o'yin sifati va futbolchilarning o'zini tutishi ham men uchun muhim omil hisoblanadi. Agar shular o'z o'rnida bo'lsa, natija albatta keladi.

- SHu paytgacha O'zbekiston U-17 terma jamoasining kichik mundialdagi eng yaxshi ko'rsatkichi chorak final hisoblanadi (2011, 2023). Hozirgi jamoa bu rekordni yangilay olishiga qanchalik ishonasiz?

- Avvalgi Jahon chempionatlarida ishtirokchilar soni 24ta bo'lgan. Hozir esa ikki barobar ko'payib 48ta bo'ldi. Oldingi natijalarni yaxshilashimiz uchun yanada ko'proq harakat qilishga to'g'ri keladi, sababi yo'l biroz uzoqlashdi. Ammo mening ko'nglim to'q va ishonchim komil. Buning sababi bizda iqtidorli futbolchilar, jamoaviy ruhiyat va intizom bor. Futbolchilar har kunlik mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilishyapti. Jamoadagi hamma o'z oldidagi masuliyatni his qilmoqda. SHu yo'sinda davom etsak, o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi natijani ko'rsatishga sazovor bo'lamiz.


- Siz uchun birinchi o'yinni yutib olish qanchalik muhim yoki guruhdagi har uchala o'yinga bir xil qaraysizmi?

- Birinchi uchrashuvda g'alaba qozonish juda muhim hisoblanadi, chunki bu boshqa o'yinlarga katta ishtiyoq beradi. Lekin biz har bahsga finaldek yondashamiz va har bir raqibga jiddiy munosabatda bo'lamiz.

- Musobaqada porlashi kutilayotgan futbolchilar kimlar? Qaysi futbolchilardan umid katta?

- Bu jamoaviy musobaqa, bir-ikki nafar o'yinchini ajratib ko'rsata olmayman. Futbolchilarimizning salohiyati yuqori va biz bir jamoa bo'lib Jahon chempionatida o'z kuchimizni ko'rsatishga qodirmiz. Har bir chiziqda raqobat bor, bu esa jamoamizning asosiy kuchi hisoblanadi.

Xayrulla Xoliqov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing