So’nggi yangiliklar

18:15Шаҳрам Ғиёсов Кроуфорд - Альварес жангига муносабат билдирди 0 17:54"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди 0 17:33Ўзбекистонлик шинкиокушинкай каратэчилар Марказий Осиёда биринчи бўлишди 0 17:12Канело — Кроуфорд жанги учун салкам 200 000 долларлик камар қўйилади 0 16:51Дана Уайт нима учун Махачев - Маддалена жанги эълон қилинмаётганига изоҳ берди 0 16:30"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди 0 16:09Том Аспиналл чемпион мақомидаги илк "вызов"ни қабул қилиб олди 0 15:48Қозоғистонлик ҳафта "шов-шув"чиси Галле турнири финалида 0 15:27Теренс Кроуфорд: "Мадримовни ютганман, бу аниқ!" 0 15:06"Реал" мухлислари учун хушхабар 0 14:45UzChess Cup. Барча гуруҳларда пешқадамга айландик. Тўртинчи тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 14:24Эдди Хирн: "Аҳмадалиев билан жанг қилишга рози бўлгани учун Иноуэни ҳурмат қиламан, чунки..." 0 14:03Маҳмуд Мурадов чехиялик моделнинг қўлини сўради, қизнинг жавоби маълум (ВИДЕО) 0 13:42ЎФФ Ижроия қўмитаси: Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади 0 13:21Жон Жонс фаолиятини якунлаганига илк бор муносабат билдирди 0

16 sen 14:24
Yangiliklar

Futbol

U-17 jahon chempionati. O'zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyati qanday?

Xabaringiz bor, 15 sentyabr kuni 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichiga qura tashlandi.

Jamoliddin Rahmatullaev murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "B" guruhida Ispaniya, Mali va Kanada terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

24 ta terma jamoa 6 guruhga bo'lingan holda bellashadigan musobaqada 1 va 2-o'rin sohiblari to'g'ridan-to'g'ri nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. SHu bilan birga, eng yaxshi natija qayd etgan to'rtta 3-o'rin egasi ham keyingi bosqichga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo kubogida yarim finalga qadar etib borib, mundial chiptasini qo'lga kiritgandi. Hamyurtlarimiz ushbu bosqichda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

ISPANIYA

Ispaniya ham Evropa chempionatining yarim finalida yurishini to'xtatgan bo'lsa-da, mundial biletiga ega chiqqan. "Qizil furiya" guruh bosqichida Italiya (2:1), Sloveniya (3:1) va Serbiya (1:1) bilan kuch sinashib, peshqadam sifatida chorak finalga chiqdi. Ushbu bosqichda esa Irlandiya 3:0 hisobida mag'lub etildi. Yarim finalda ispanlar Franciya (1:3)ga yutqazib qo'ydi.

Ispaniyalik ikki nafar futbolchi — Mark Guyu va Lamin Yamal 4 ta gol bilan to'purarlar qatoridan o'rin oldi.

Mamlakat o'smirlari jahon chempionatida 9 marotaba ishtirok etgan. Eng yaxshi natija kumush medal hisoblanadi. "Qizil furiya" naq 4 marotaba hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy bergan.

Serxio Santamariya (1997) va Sesk Fabregas (2003) musobaqaning eng yaxshi futbolchilari deb topilgan bo'lsa, Devid Rodriges Frayle (1997), Sesk Fabregas (2003) va Borxa Baston (2009) turnirning "Oltin butsa"si bilan taqdirlangan.

Jamoa tarkibini, asosan, mahalliy chempionatda o'ynaydigan futbolchilar tashkil etadi. Jumladan, so'nggi yig'inlarda eng ko'p futbolchi "Barselona" klubidan jalb etilgan.

Jamoa lideri Lamin Yamal hisoblanadi. U yaqinda milliy terma jamoa safida Evro-2024 saralashi doirasida Gruziyaga qarshi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilib, milliy terma jamoa safida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

SHuningdek, Pau Kubarsi, Pau Prim, Mark Guyu (barchasi — Barselona), Roberto Martin, Yusi (ikklasi ham — Real Madrid), Xorxe Rajado (Atletiko Madrid), Raul Ximenes (Valensiya), Viktor Moreno (Vilyarreal), Devid Mella (Deportivo) kabi futbolchilar ham taniqli hisoblanadi.

MALI

Mali Afrika Millatlar kubogida 4-o'rinni egallagan holda Indoneziyaga tashrif buyuradi. Afrikaliklar Jazoirda o'tkazilgan qita turnirining guruh bosqichida Burkina-Faso (1:0) va Kamerun (2:0) terma jamoalarini mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi. Ushbu bosqichda esa ular Kongoni 3:0 hisobida taslim etdi. "Burgutlar" yarim finalda Marokash bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi, biroq penaltilar seriyasida (5:6) omadsizlikka uchradi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa Burkina-Fasoga yutqazdi (1:2). Seku Kone (yarim himoyachi) va Mamadu Dumbiya (hujumchi) turnirning ramziy terma jamoasidan o'rin olgan. SHuningdek, Dumbiya 4 ta gol bilan to'purarlar reytingida ikkinchi bo'lgan.

Mali besh marotaba jahon chempionatida ishtirok etgan hamda 2015 yil finalga qadar etib borgan. Oxirgi ishtirokida esa 4-o'rinni egallagan (2017).

Jamoa tarkibini, asosan, mahalliy chempionatda to'p tepadigan futbolchilar tashkil etadi. 

KANADA

Kanada ham CONCACAF turniridagi ishtirokini raqiblari singari yarim finalda yakunlagan holda kichik mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Guruh bosqichida Trinidad va Tobago (3:2), Barbados (2:0) va AQSH (0:1) bilan to'qnash kelgan "qizillar" nimchorak finalda Gaiti, chorak finalda esa Puerto-Rikoni yirik — 3:0 hisoblarida taslim etadi. Biroq yarim finalda yana AQSH (0:2)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Lazar Stefanovich (himoyachi) turnirning ramziy terma jamoasidan o'rin egalladi.

Mamlakat o'smirlari shu paytga qadar etti marotaba mundialda ishtirok etib, biror marotaba guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan, jamoa hatto g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

Kanada jahon chempionatiga tashrifidan avval Braziliya bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 

Jamoa tarkibining katta qismini mahalliy chempionatda to'p tepadigan futbolchilar tashkil etadi. Jumladan, "Toronto" va "Montreal" akademiyalari ko'pgina o'yinchilarni terma jamoaga etkazib bergan. SHuningdek, AQSH, Portugaliya, Ispaniya, Franciya, Germaniya, Polsha chempionatlarida o'ynaydigan legionerlar mavjud.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing