22 noy 07:22
Yangiliklar
Futbol
U-17 Jahon chempionatida 1/2 final juftliklari malum bo'ldi. Osiyodan jamoa qolmadi!
Qatarda davom etayotgan U-17 Jahon chempionatida chorak final o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda deyarli kutilmagan natijalar kuzatilmadi. Portugaliya, Braziliya, Avstriya va Italiya terma jamoalari yarim finalga yo'llanma olishdi. Bu bosqichga kelib Osiyodan bironta terma jamoa qolmadi. So'nggi ishtirokchi Yaponiya kamtar Avstriyaga 0:1 hisobida yutqazdi.
JCH (U 17). 1/4 final natijalari:
Avstriya - Yaponiya 1:0
Italiya - Burkina-Faso 1:0
Portugaliya - SHveycariya 2:0
Braziliya - Marokash 2:1
Yarim finalda Portugaliya Braziliyaga qarshi o'ynasa, Avstriya esa Italiya bilan bahs olib boradi. Ikkala o'yin ham 24 noyabr kuni soat soat 19:00da start oladi.

Havola :
Fikrlar