30 iyu 18:08
Yangiliklar
Voleybol

U-19 jahon chempionati. 1/8 finaldan o'rin olgan O'zbekiston - Italiya o'yini kutilganidan tez yakunlandi
Ayni daqiqalarda Toshkent va CHirchiq shaharlarida voleybol bo'yicha U-19 yosh toifasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqich o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Musobaqa mezboni sifatida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Italiyaga qarshi parketga chiqdi. Hozirgina "Yunusobod" sport majmuasida yakuniga etgan ushbu uchrashuvda evropaliklar kutilganidek oson g'alabani qo'lga kiritishdi - 3:0 (25-18, 25-14, 25-14).
SHu tariqa, Italiya terma jamoasi 1/4 finalga yo'l oldi. Vakillarimiz esa endi qolgan mag'lub jamoalar bilan birga quyi o'rinlar uchun bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar