30 iyu 12:10
Yangiliklar
Voleybol

U-19 voleybol terma jamoamiz bugun JCH nimchorak finalida o'ynaydi, raqib - Italiya
Bugundan Toshkent va CHirchiq shaharlarida voleybol bo'yicha U-19 yosh toifasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqichlari start oladi.
Kecha musobaqa mezboni sifatida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi voleybolchilari guruh bahslarini to'rtinchi o'rinda yakunlab, 1/8 finalga yo'l olishgani haqida xabar bergandik.
Vakillarimiz bugun nimchorak final bosqichi doirasida maydonga chiqadi. Terma jamoamizga Italiya raqiblik qiladi. O'yin soat 17:00 da poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport kompleksida start oladi.
Evropa qitasi vakillari S guruhidagi bahslarda ishtirok etib, Ispaniyadan keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar