So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 okt 15:17
Yangiliklar

Futbol

U-20 jahon chempionati-2027. Finalga O'zbekiston mezbonlik qiladimi yoki Ozarbayjon?

Xabaringiz bor, bir necha kun ilgari FIFA 2027 yilgi 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati O'zbekiston va Ozarbayjon yashil maydonlarida o'tkazilishini elon qildi.

Kichik mundialda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Mezbon sifatida avtomatik tarzda qatnashadigan Ozarbayjon va O'zbekistondan tashqari 22 mamlakat saralash bosqichida ishtirok etadi. Yakuniy bosqichga quyidagicha kvotalar ajratilgan:

OFK (Osiyo): 5 o'rin (ulardan biri – O'zbekiston);

CAF (Afrika): 4 o'rin;

CONCACAF (SHimoliy va Markaziy Amerika): 4 o'rin;

CONMEBOL (Janubiy Amerika): 4 o'rin;

OFC (Okeaniya): 1 o'rin;

UEFA (Evropa): 5 o'rin (ulardan biri – Ozarbayjon);

Konfederaciyalararo pley-off: 1 o'rin.

To'rt jamoadan iborat pley-off musobaqasi jahon chempionatining so'nggi ishtirokchisi bo'ladi. Pley-off bosqichi uchun quyidagicha kvotalar ajratilgan:

AFC (Osiyo): 1 o'rin;

CONMEBOL (Janubiy Amerika): 1 o'rin;

OFC (Okeaniya): 1 o'rin;

UEFA (Evropa): 1 o'rin.

Kichik musobaqa markazlashgan holda o'tkaziladi va ikkita bir bosqichli yarim final hamda final o'yinlaridan iborat bo'ladi. Final g'olibi jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritadi.

Har bir mamlakat 26 ta o'yinga mezbonlik qilishi kutilmoqda. Bular qatoriga guruh bosqichidagi 18 ta o'yin, 1/8 final bosqichidagi 4 ta uchrashuv, 2 ta chorak final va bir yarim final kiradi. 

Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, Boku shahrida final uchrashuvi, Toshkentda esa ochilish o'yini va uchinchi o'rin uchun bellashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Turnirning rasmiy taqvimi elon qilinmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing