31 mar 18:39
Yangiliklar
Suv sporti turlari

U-20 Osiyo chempionati. Suv polochi qizlarimiz qita birinchiligida bronza medallarini qo'lga kiritishdi
Singapurda suv polosi bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan yigit va qizlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so'nggi kuni doirasida O'zbekiston U-20 qizlar termasi Qozog'iston bilan bahs olib borib, 6:12 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ahamiyatlisi, turnir yakuniga ko'ra, qizlarimiz musobaqada bronza medallariga ega chiqdi. Ikkinchi o'rin Qozog'iston termasiga nasib etgan bo'lsa, oltin medallarni Xitoy vakilalalari qo'lga kiritdi.
Osiyo chempionatida ishtirok etgan U-20 yoshlar terma jamoamiz esa beshinchi natijani qayd etishdi.
Havola :
Manba : t.me/aquatics
Fikrlar