17 jan 13:00
Yangiliklar
Futbol
U-23 Osiyo kubogi. Bugun 1/2 final yo'llanmasi uchun maydonga tushamiz
Saudiya Arabistonida davom etayotgan U-23 Osiyo kubogining hal qiluvchi bahslari bo'lib o'tmoqda.
Kecha ikki yarim finalchi aniqlangandi. Yaponiya penaltilar seriyasida Iordaniyani mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Vetnam biroz kutilmaganda BAA olimpiyachilaridan 3:2 hisobida ustun kelgan edi.
Bugun 1/4 finalning so'nggi ikki o'yini bo'lib o'tadi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Jidda shahridagi "Qirol Abdulloh" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi. Terma jamoamiz g'alaba qozongan taqdirda 1/2 finalda Vetnamga qarshi bahs olib boradi.

Havola :
Fikrlar