02 okt 14:41
Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qura tashlandi. O'zbekiston "o'lim guruhi"dan joy oldi
Unga ko'ra O'zbekiston U-23 terma jamoasi Koreya Respublikasi, Eron va Livan bilan "C" guruhidan joy oldi. Bu guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar chorak finalda "D" guruhidagi ikkita jamoaga qarshi o'ynaydi.
"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Qirg'iziston.
"B" guruhi: Yaponiya, Qatar, BAA, Suriya.
"C" guruhi: O'zbekiston, Koreya Respublikasi, Eron, Livan.
"D" guruhi: Iroq, Avstraliya, Tailand, Xitoy.
O'zbekistonning guruhdagi taqvimi:
1-tur O'zbekiston - Livan
2-tur Eron - O'zbekiston
3-tur O'zbekiston - Koreya Respublikasi
Osiyo kubogi 2026 yilning 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonining Jidda va Ar-Riyod shaharlaridagi ikkitadan stadionda bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa Olimpiadaga yo'llanma bermaydi. Qita chempionatida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirok etadi.
Fikrlar