So’nggi yangiliklar

20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 19:11Манба: ФИФА президенти тез орада Тошкентга келади 0 18:48Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:12Медаллар рейтинги: Осиё ўйинларининг саккизинчи кунидан кейин ҳам ўрнимизни сақлаб турибмиз 0 18:00Осиё ўйинларининг саккизинчи кунини тўртта медаль билан тугатдик: шулардан иккитаси олтин! 0 17:32"Ўзбекистонга қарши ўйинда гол уриб, жамоамни ғалаба сари етакламоқчиман" - Нвадике Уче 0 16:45Ўзбекистон - 46-Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси чемпиони! 0 16:40Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон сўнгги турда Украинани мағлуб этди ва чемпионликни қўлга киритди 0 14:06Нокаутларга бой ўтган UFC Vegas 121 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 12:37Расман! Маҳмуд Мурадов янги йил олдидан чемпионлик жанги ўтказади 0 11:42Формула-1. Жорж Расселл — Озарбайжон Гран-приси ғолиби! 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0

24 noy 08:58
Yangiliklar

Futbol

U-23 Osiyo kubogi. Qura natijalari hamda O'zbekistonning raqiblari bilan tanishamiz

Xabaringiz bor, kecha futbol bo'yicha U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichiga qura tashlandi.

2024 yilning 15 aprel — 3 may kunlari Qatar yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi o'tkaziladi. Kelgusi yil oltinchi marotaba tashkil etiladigan musobaqa Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. 

Turnir 2024 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari uchun saralash vazifasini ham bajaradi. Musobaqaning eng kuchli uch jamoasi OFK vakili sifatida Franciyaning Parij shahridagi bo'lib o'tadigan Olimpiyadaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 3-o'rin uchun o'yinda mag'lub bo'lgan terma jamoa qitalararo pley-offda Afrika vakili Gvineyaga qarshi maydonga tushadi. 

Turnirda jami 16 terma jamoa ishtirok etadi. Amaldagi chempion Saudiya Arabistoni hisoblanib, ular 2022 yil O'zbekistonda o'tkazilgan musobaqa finalida mezbonlarni mag'lubiyatga uchratgandi.

Hozirga qadar besh mamlakat bir martadan kubokni boshlari uzra yuqori ko'tarishgan, bular: Yaponiya, Iroq, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.

Guruh bosqichi

"A" guruhi: Qatar, Avstraliya, Iordaniya, Indoneziya.

"B" guruhi: Yaponiya, Koreya Respublikasi, BAA, Xitoy.

"C" guruhi: Saudiya Arabistoni, Iroq, Tailand, Tojikiston.

"D" guruhi: O'zbekiston, Vetnam, Kuvayt, Malayziya.


Guruh bosqichida jamoalarning ochkolari teng bo'lib qolgan taqdirda quyidagi mezonlar bo'yicha reyting shakllantiriladi:

1. Ochkolari teng bo'lgan jamaolar o'rtasidagi o'zaro o'yinlar natijasi;

2. O'zaro o'yinlarda ochkolari teng bo'lgan jamoalar o'rtasida to'plar nisbati;

3. O'zaro o'yinlarda ochkolari teng bo'lgan jamoalar o'rtasida gollar soni...


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi raqiblari

Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt, Malayziya bilan kuch sinashadi. Guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoa chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi saralash bosqichida Afg'oniston (8:1), Hong Kong (10:0) va Eron (1:0)ni mag'lub etib, guruh g'olibi sifatida musobaqa ishtirokchisiga aylandi.

Vetnam

Vetnam olimpiyachilari 2022 yil Toshkentda o'tkazilgan turnirda chorak finalga qadar etib borib, ushbu bosqichda yakunda chempionlikni qo'lga kiritgan Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'ygandi. 

Joriy yilgi saralash bosqichida esa jamoa Guam (6:0), Yaman (1:0) va Singapur (2:2) bilan bellashib, guruh peshqadami sifatida final bosqichiga yo'l oldi.

Vetnam Osiyo o'yinlari guruh bosqichida Mo'g'uliston (4:2), Eron (0:4) va Saudiya Arabistoni (1:3) bilan to'qnashib, 3-o'rinni egallagan holda musobaqa bilan erta xayrlashdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2022 yilning mart oyida Dubay kubogi doirasida Vetnamga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozongan. SHuningdek, jamoalar iyun oyidagi FIFA kunlari doirasida Xitoyda Panda Cup xalqaro o'rtoqlik turnirida to'qnash kelishi kerak edi, biroq musobaqa boshqa muddatga qoldirildi.

Kuvayt

Kuvayt olimpiya terma jamoasi ushbu yosh toifasidagi oxirgi turnirda ham uchala o'yinda imkoniyatni boy bergan holda guruh bosqichida qolib ketgandi. 

Mazkur turnirga saralash bosqichining "F" guruhida arablar Timor (4:0), Makao (3:0) va Iroq (2:2) bilan bellashib, eng yaxshi 2-o'rinni egallagan jamoalardan biri sifatida Qatarga tashrif buyuradigan bo'ldi.

Osiyo o'yinlarida esa jamoa Janubiy Koreya (0:9), Bahrayn (1:1) va Tailand (1:1) bilan kuch sinashib, to'plar nisbatiga ko'ra, guruhda so'nggi o'rinni egalladi.

Malayziya

Malayziyalik yoshlar O'zbekistondan uch mag'lubiyat bilan guruh bahslaridan yakunidayoq ortga qaytagandi.

Osiyo kubogi saralash bosqichida esa Janubiy-SHarqiy Osiyo mintaqasi vakillari Bangladesh (2:0), Filippin (4:0) va Tailand (0:1) bilan raqobatlashgan holda 2-o'rin bilan hal qiluvchi turnir ishtirokchisiga aylandi.

Malayziyaliklar Xitoyda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ishtirok etmadi.

Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo o'yinlari guruh bosqichi 2024 yilning aprel oyida bo'lib o'tadi. Timur Kapadze shogirdlari dastlab Malayziya, so'ngra Kuvayt va Vetnamga qarshi bahs olib boradi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing