24 jan 08:36
Yangiliklar
Futbol
U-23 Osiyo Kubogi. Vetnam Koreyani mag'lub etib, bronza medaliga ega chiqdi
Saudiya Arabistonida yakuniga etib borayotgan U-23 Osiyo Kubogida medallar uchun o'yinlar bo'lib o'tmoqda.
Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Vetnam terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushib, g'oliblikka erishdi va musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi.
Uchrashuv qizg'in kurashlar ostida o'tdi. Vetnam ikki marta hisobda oldinda borayotgandi. Koreya Respublikasi terma jamoasi asosiy vaqtning so'nggi daqiqalarida gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Qo'shimcha bo'limlarda gol urilmadi. Penaltilar seriyasida esa Vetnamning qo'li baland keldi.

Havola :
Fikrlar