25 okt 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: "Agar Stivernga yutqazsam boksdan ketaman"
Superog'ir vaznda WBC yo'nalishi chempioni hisoblangan 32 yoshli Deontey Uaylder agar 4 noyabr kungi jangda yutqazib qo'ysa boksdan ketishga tayyorligini aytib o'tdi.
"Men istagan narsa kuchli ekanligimni isbotlash edi. Lekin, boshqa kuchli bokschilar jang qilishni istashmasa, ringga chiqishdan mano yo'q.
Agar Bermeyn Stivern meni mag'lubiyatga uchratsa, men haqimda boshqa xech narsa eshitmaysiz. Barchasi jiddiy. Men boksdan ketaman", - deydi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder - Stivern jangi 4 noyabr kuni Bruklinda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar