18 jan 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder (37-0, 36 KO) birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
Amerikalik engilmas bokschi va shu bilan birga nokautchining raqibi WBO yo'nalishi chempioni Jozef Parker (22-0, 18 KO) bo'ladi. Har ikki bokschi ham faoliyatlarida faqat g'alaba qozonib kelishyapti. Uaylderda 36, Parkerda 18ta nokaut bor.
Yangi Zelandiya bokschisining murabbiylari ham birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazilishini tasdiqlashdi. Katta ehtimol bilan ushbu chempionlik jangi shu yilning aprel oyida AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar