19 mar 18:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder DAZNning 100 million dollarlik shartnomasini rad etdi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder DAZN striming servisi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi.
ESPN telekanali bergan xabarga ko'ra, amerikalik bokschi DAZN taklif qilgan 100 million dollarlik shartnomani rad etgan. Hozirda Uaylder Top Rank promouterlik kompaniyasi hamda ESPN telekanali bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
DAZN Deonteyga 3ta jang uchun 100 million dollar taklif qilgandi. Ushbu summaning 80 million dollari Joshuaga qarshi o'tkaziladigan ikkita jang uchun atalgandi. Qolgan 20 millionini u Dominik Brizil bilan o'tkazadigan jangi uchun olardi.
Malumotda keltirilishicha, Top Rank kompaniyasi Uaylderga Tayson Fyuri hamda orada o'tkazadigan yana bir ixtiyoriy jang uchun 32,5 million dollardan taklif qilmoqda.
Havola :
Fikrlar