23 fev 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder - Fyuri: Hakamlar hujjatidan ko'chirma + FOTO
Bir necha yil davomida WBC chempionlik kamarini o'z qo'lida saqlab kelgan Deontey Uaylder bugun sobiq jahon chempioniga aylandi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ettinchi raundda chempionni texnik nokautga uchratdi. Referi Uaylder jamoasi tomonidan ringga oq sochiq uloqtirilganidan so'ng jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
CHempionlik jangida ochkolarni hisoblab borgan hakamlar qaydnomasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u erda faqat birgina hakam ikkinchi raundni Deonteyga bergan. Qolgan barcha raundlarda uchchala hakam ham Fyurining g'alabasini taminlagan. Bir vaziyatda Taysondan bir ochko ham olib tashlangandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar