13 jan 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder - Fyuri revansh jangi AQSHda o'tkaziladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder hamda sobiq chempion britaniyalik Tayson Fyuri o'rtasidagi revansh jangi AQSHda bo'lib o'tadi.
Bu malumotni Fyurining promouteri Frenk Uorren ESPN telekanaliga bergan intervyusida tasdiqladi.
“Ayni paytda biz ushbu jangni tashkil qilish bo'yicha ish olib boryapmiz. Juda ko'pchilik revansh jangining o'tkazilish tarafdori bo'lyapti. Juda katta ehtimol bilan jang AQSHda o'tkaziladi. Boisi, Amerikada pul ko'p. Eng maqbul variant bu - Las-Vegas!
Bilasizmi, Tayson birinchi jangning hakamligidan hayron bo'lgandi. Aynan hakamlik masalasida biz ham havotirdamiz. Revansh jangi uchun xolis hakamlarni tayinlashlarini so'raymiz. Kaliforniyaga qaytmaymiz. Revansh jangi iyun oyigacha o'tkaziladi”, - dedi Uorren.
Havola :
Fikrlar