25 fev 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uaylder istasa, uchinchi jang bo'ladi”
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri uchinchi marta Deontey Uaylderga qarshi jang qilishi mumkin.
Bu haqida Top Rank rahbari Bob Arum malum qildi.
“Trilogiya? Buni Uaylderdan so'raganingiz maqul. U istasa bo'ladi, istamasa yo'q. Agar Uaylder uchinchi jangni istasa, biz unga ushbu jangni tashkil qilib beramiz.
Agar istamasa, Fyuri boshqa bokschiga qarshi jang qiladi”,-dedi Arum.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar