21 mar 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder iyunda AQSHdan tashqarida jang o'tkazishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder (38-0, 37 KO) o'zining navbatdagi jangini AQSHdan tashqarida o'tkazmoqchi.
Amerika hududidan tashqarida o'tkaziladigan jang iyun oyiga mo'ljallanmoqda. SHundan keyin esa u sentyabr oyida WBO yo'nalishi chempioni Jozef Parkerga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
“Men ortiq kutib o'tira olmayman. Men avval ham bu haqda aytganman va yana bir bor takrorlayman. Maqsadim - superog'ir vazn toifasidagi chempionlik kamarlarini birlashtirishdir”, – dedi Uaylder.

Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar