28 dek 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua bilan jang o'tkazmaslikka qaror qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasidagi bugungi qirollari - Deontey Uaylder hamda Entoni Joshua o'rtasidagi jang yaqin bir yilsiz o'tkazilmaydi.
Ha, katta ehtimol bilan aynan mana shunday bo'ladi. Har ikki bokschi ham bu jangdan o'zini olib qochishga urinyapti. WBC chempioni bo'lib turgan amerikalik bokschi Joshuadan ko'ra Tayson Fyuriga qarshi revansh jangi o'tkazishni afzal bilmoqda.
Qolgan uchta yo'nalish chempioni bo'lgan britaniyalik Joshua esa navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazadi.
“Joshua bilan hech qanaqasiga aprel oyida jang o'tkaza olmayman. Men bu haqda ortiq gapirishni ham, eshitishni ham istamayman. Biz Joshuaga 50 million dollar taklif qildik. Lekin bunga rad javobini oldik. Ortiq uni kutmayman”, - dedi Uaylder.
Havola :
Fikrlar