25 dek 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua - Klichko jangi g'olibiga qarshi ringga chiqmoqchi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder o'z rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Amerikalik bokschi IBF chempioni britaniyalik Entoni Joshua hamda sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o'rtasida o'tkaziladigan jang g'olibiga qarshi ringga chiqish istagi borligini malum qildi.
Joshua-Klichko jangi 29 aprel kuni London shahridagi 80 ming tomoshabinga mo'ljallangan muhtasham “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi. Uaylder esa 25 fevral kuni polshalik Anjey Vavjikka qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar