16 jan 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/26795_220.jpg)
Uaylder Joshua - Parker bahsi g'olibi bilan jang qilmoqchi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder qolgan ikki yo'nalish chempionlari o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi ringga chiqishni rejalashtirmoqda.
IBF, IBO va WBA yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua 31 mart kuni Uels poytaxti Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida WBO chempionlik kamari sohibi Jozef Parkerga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqadi.
Deontey Uaylder esa 3 mart sanasida kubalik Luis
Ortisdan chempionlik kamarini himoya qiladi. To'rttala bokschi ham shu paytgacha faoliyatlari
davomida mag'lubiyat alamini totib ko'rishmagan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar