05 avg 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16970_220.jpg)
Uaylder Joshuaga 11 noyabr kuni jang qilishni taklif qildi
WBC yo'nalishi superog'ir vazn toifasi chempioni Deontey Uaylder Entoni Joshuaga qarshi jang qilmoqchi.
"Eddi, bilaman sen Klichkoni boksdan ketishini kutmaganding. Bizda 11 noyabr kuni jang qilish uchun haliyam imkoniyatimiz bor. Avvaliga sen menga Bellyani ro'para qilmoqchi bo'lding. Keyin esa men u uchun juda katta ekanligimni tushunding. Keyinroq esa Dillian Uayt variantini taklif qilding.
Senda divizionimiz tarixida eng katta jang bo'lishi mumkin bo'lgan to'qnashuvlardan birini tashkil qilish imkoniyati bor. Menga rasmiy davogarlar haqida gapirishing shart emas. Bunday birlashtiruv jangi uchun tashkilotlar davogarlarga qarshi to'qnashuvni ham bekor qiladilar. Bu jang bo'lishi kerak. Demak, qo'ng'irog'ingizni kutamiz", - deydi Uaylder.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar