05 avg 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshuaga birlashtiruvchi chempionlik jangi taklif qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder IBF, WBA va IBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazish taklifi bilan chiqdi.
Uaylder revansh jangini 11 noyabr kuni o'tkazish taklifini berdi. Aynan shu kuni Joshua ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi revansh jangini o'tkazishi kerak edi. Lekin Klichko biroz kutilmagan faoliyatini yakunlashini elon qildi.
Deontey Joshua va
uning jamoasiga aynan mana shu sanada jang o'tkazishni taklif qildi. Hozircha
britaniyalik chempion va uning jamoasi bu taklifga javob bermadi. Entoni Joshua yaqin
kunlarda IBF kamarini bolgariyalik Kubrat Pulevdan majburiy tarzda himoya qilishi
shart.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar