18 mar 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshuaga qarshi jangdan ochiqchasiga qochmoqda
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder qolgan uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua bilan jang o'tkazishni istamayapti.
Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirnning aytishicha, amerikalik jahon chempioni Joshuaga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqishdan ochiqchasiga qochmoqda.
“Agar Deontey chindan ham Showtime telekanali bilan shartnoma imzolasa, u holda Joshuaga qarshi jang o'tkazilmaydi. Biz ushbu jangni tashkil qilish uchun imkoniyat boricha harakat qildik. Lekin Uaylderning o'zi bu jangni istamaganidan keyin barcha harakatlar befoyda. U ochiqchasiga Entoni bilan jangdan qochmoqda. Aftidan, Uaylder chempionlik kamarini boy berib qo'yishidan qo'rqmoqda ”, - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Fikrlar