05 apr 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Klichkoga maslahat berdi
Og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylderning fikricha, Klichko u bilan jang qilmagani maqul.
«Klichkoni nima qilmoqchiligini diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Avvalambor, u jismoniy holatini yaxshilab olishi kerak. Esingizda bo'lsa, Klichko ikki yillik tanaffusdan so'ng Joshua bilan ringga chiqdi va mag'lub bo'ldi. Lekin, u baribir kuchli. Men undan ko'p narsa o'rganganman».
«Ammo, u ringga qaytmoqchi bo'lsa, men bilan jang qilishni maslahat bermayman. Men ringga qotil sifatida kiraman. Men ringda o'yin qilmayman. O'ylashimcha, men bilan jang qilishga uning kuchi etmaydi. Ko'pchilik men bilan jang qilishga qo'rqadi, sababi men juda kuchliman»,- dedi Uaylder.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar