29 noy 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: "Mag'lubiyatimni hali ko'p kutasizlar"
WBC yo'nalishida jahon chempioni Deontey Uaylder Tayson Fyuriga qarshi jangda faoliyatidagi dastlabki mag'lubiyatni qabul qilib olishdan qo'rqmayapti.
"Mag'lubiyatga uchrashdan qo'rqmayman. Statistikamda mag'lubiyatlar soni noldan birga aylanishi mumkinligi meni havotirga solayotgani yo'q. Men doimo engilmas sifatida qolish uchun jang qilmayman. Albatta, buni istayman, ammo bu eng muhimi emas. Yutqazsam ham, qaytishga kuchim etadi. Ammo, mag'lubiyatimni hali uzoq kutasizlar", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder 1 dekabr kuni Los-Anjelesda Tayson Fyuriga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar