06 jan 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Meyvezerning rekordini takrorlamoqchi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder Floyd Meyvezerning mag'lubiyatsiz seriyasini takrorlay olishiga ishonmoqda.
"Agar o'z oldimga maqsad qilsam, Meyvezerning mag'lubiyatsiz seriyasini yangilay olaman. Hozir "pik"ka yaqinlashyapman. Bu rekordlar aniq uriladi. Men buni ortidan quvayotganim yo'q. Lekin, bunga erisha olsam yomon bo'lmaydi. Men xattoki Jorj Formandan ham o'tib keta olaman", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder ayni paytda 39ta jangni g'alaba bilan yakunlagan. Meyvezerning hisobida esa 50ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : Yahoo Sports
Fikrlar