08 mar 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Miller Joshuani nokaut qila oladi deb hisoblamoqda
1 iyun kuni Nyu-Yorkda Entoni Joshua va Jarrell Miller o'rtasida jang bo'lib o'tadi.
WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder ushbu jangda Millerning imkoniyati katta ekanligini aytib o'tdi.
"O'ylaymanki, Millerning imkoniyatlari yomon emas. Joshua qattiq uslubga ega deb hisoblamayman. Uning avvalgi janglarini ko'ring. Agar o'sha janglarda boshqa referilar bo'lganda natijalar ham boshqacha bo'lardi. Ayniqsa, Parkerga qarshi jangdagi referi. SHu sababli, Millerda g'alaba uchun imkoniyatlar bor.
SHuningdek, Joshuada ham muddatidan oldin g'alaba qozonish imkoniyati bor. Buning ehtimoli ochkolar hisobiga g'alabadan ko'ra ko'proq", - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar