14 noy 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder navbatdagi jangini Fyuriga qarshi o'tkazishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder (37-0-0, 36 KO) o'zining navbatdagi himoya jangini britaniyalik Xyui Fyuri (20-0-0, 10 KO)ga qarshi o'tkazishi mumkin.
Bu malumotni Xyuining o'zi ham tasdiqladi. Xyui endilikda sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining tog'asi hisoblanadi. Xyui ham, Uaylder ham mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishyapti.
“Biz Uaylder bilan muzokara olib boryapmiz. O'ylaymanki, hammasi biz o'ylagandek yakunlanadi va boks muxlislari yana bir qiziqarli jang guvohiga aylanishadi. Men Deonteyni qanday uslub yordamida mag'lub etishni bilaman. Qolaversa, u faoliyatida hali munosib raqib bilan jang qilmagan”, - dedi Xyui BoxingScene saytiga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Fyuri o'zining hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini joriy yili Fred Kassiga qarshi o'tkazib, raqibi ustidan texnik g'alabaga erishgandi.
Havola :
Fikrlar