28 fev 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder navbatdagi jangini may oyida o'tkazadi
Bu haqida superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Deontey Uaylderning menejeri SHelli Finkl aytib o'tdi.
O'sha kuni Uaylder Fyuriga qarshi revansh o'tkazishi lozim edi. Biroq, u baribir o'sha kuni jang o'tkazmoqchi.
"Deonteyda barchasi joyida. To'g'ri, u biroz afsuslandi, ammo barchasi yaxshi. Biz seshanba kuni hammasi aniq bo'lishiga umid qilgandik. Agar Fyuri haliyam jang qilishni istasa biz yangi taklifni eshitishga tayyormiz. Agar bunday niyati bo'lmasa muzokaralarni davom ettirishga sabab ko'rmayapman. Biz baribir 18 may kuni jang o'tkazamiz", - dedi Finkl.
Eslatib o'tamiz, kecha Fyuri hamda Uaylder o'rtasidagi revansh kuzda o'tkazilishi malum bo'ldi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar