21 mar 18:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder nima uchun 100 mln dollarga rozi bo'lmaganini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder nima uchun DAZN bilan shartnoma imzolamaganini tushuntirib berdi.
DAZN striming platformasi amerikalik jahon chempioniga 100 million dollarlik shartnoma taklif qilgandi. Bokschining so'zlariga qaraganda, DAZNga rad javobi berilishiga Showtime kanali bilan ko'p yillik hamkorlik sabab bo'lgan.
"Men bir necha yildan beri Showtime bilan hamkorlik qilib kelyapman. Men bu jamoani o'z oilam deb bilaman. Biz birgalikda uzoq yo'lni bosib o'tdik. Ular mening qobiliyatimni butun dunyoga ko'rsatishdi. Tanilishimga sabab bo'lishdi", - dedi Uaylder Fightnews saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder o'zining navbatdagi chempionlik himoya jangini 18 may kuni Dominik Brizilga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar