03 dek 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder revanshga rozilik berdi, jang Angliyada o'tkaziladi
Superog'ir vazn toifasidagi WBC chempioni Deontey Uaylder Tayson Fyuriga qarshi revansh jangining imkon qadar tezroq o'tkazilishi tarafdori bo'lyapti.
Amerikalik bu jangning Fyurining vatani - Buyuk Britaniyada o'tkazilishiga ham rozi bo'ldi.
“Menga jangning qaerda o'tkazilishi muhim emas. Muhimi, revanshning o'tkazilishi. Keling, muxlislar istayotgan jangni tezroq tashkil qilamiz. Agar Fyuri istasa, jang uning vatanida bo'ladi. Menga buning farqi yo'q”, - dedi Uaylder Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, kecha tongda o'tkazilgan Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasidagi chempionlik jangi durang natija bilan yakunlangandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar